Yomg'ir [Transliteration]

Songs   2024-08-23 11:26:41

Yomg'ir [Transliteration]

Yodingdami, malikam,

Oshal goʻzal koʻklam?

Koʻngillar toʻlib nurga,

Bizlar edik birga.

Bugun ham fasli bahor,

Hayot oqaverar,

Goʻyo qoʻshiq boʻlib, yor,

Yomgʻir yogʻaverar.

Yomgʻir, yogʻaver,

Olib kelaver

Menga xabar dildorimdan!

Yomgʻir, yogʻaver!

Dilga toʻlaver,

Ogʻrinmay qalb ozorimdan!

Yomgʻir, yogʻaver,

Qalbim bilaver,

Sogʻinchim bor bahorimda!

Yorim kelar misli oyday,

Kulib, nozlanib bahorday!

Yurakdagi bahorim –

Oʻshal goʻzal yorim,

Quvonchlar solib dilga,

Kular oʻxshab gulga.

Bugun ham fasli bahor,

Hayot oqaverar,

Goʻyo qoʻshiq boʻlib, yor,

Yomgʻir yogʻaverar.

Yomgʻir, yogʻaver!

Olib kelaver

Menga xabar dildorimdan!

Yomgʻir, yogʻaver!

Dilga toʻlaver,

Ogʻrinmay qalb ozorimdan!

Yomgʻir, yogʻaver!

Qalbim bilaver,

Sogʻincim bor bahorimda!

Yorim kelar misli oyday,

Kulib, nozlanib bahorday!

Sardor Rahimxon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:
Sardor Rahimxon Lyrics more
Sardor Rahimxon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs