Yor-yorni ayting [Turkish translation]

Songs   2024-10-05 12:31:02

Yor-yorni ayting [Turkish translation]

Ayt sevgi, bu axir nima qilganing –

Men yorga desam, sen qayga chorlading?

O‘lanchilar eski o‘lanni qo‘ying,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting

Qizning taqdiridan qiziq narsa yo‘q,

Siniq ko‘nglidan-da siniq narsa yo‘q

Mening armonimdan tiniq narsa yo‘q,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting

Men sevgi bog‘idan uzilgan gulman,

Zimiston ichida yo‘qolgan nurman

Endi oydek qizmas, baxtsiz kelinman,

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting

Tindiring surnayning ovozasini,

Berkitishdi baxtim darvozasini

Larzaga keltirib to‘yxonasini

Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting

Gulsanam Mamazoitova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Gulsanam Mamazoitova Lyrics more
Gulsanam Mamazoitova Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs