Yorning guli galdi [Transliteration]
Songs
2024-12-21 05:37:53
Yorning guli galdi [Transliteration]
Ocha, sanga sirim bayon aylayin, aylayin.
Yorning guli galdi, o‘zi galmadi, yor-ye galmadi.
Boshimdan o‘tganin bayon aylayin, aylayin.
Yorning guli galdi, o‘zi galmadi, yor-ye galmadi.
Vafo, falak ketim qildi g‘amxona, g‘amxona.
O‘zi galmay, guli galdi, begona, begona.
Maning uchun yetim bo‘lib har yona, har yona.
Yorning guli galdi, o‘zi galmadi, yor-ye galmadi.
Falak gardi niholimni qayirmish, qayirmish,
G‘azab bilan meni yordan ayirmish, ayirmish.
Bilmam, endi, yorim, kima bu yurmish, bu yurmish,
Yorning guli galdi, o‘zi galmadi, yor-ye galmadi.
Shohsanam qiz derlar meni otim-o, otim-o,
Bir oh ursam olam yonar o‘tima, o‘tima.
Sandan boshqa kimlar yetar dodima, dodima,
Yorning guli galdi, o‘zi galmadi, yor-ye galmadi.
- Artist:Feruza Jumaniyozova