yulduzlar lyrics
Songs
2025-01-06 23:17:02
yulduzlar lyrics
O‘rtamizda shaharlar
Bizlarni ayirar.
Lek baribir his etar
Sevilgan yuraklar.
Ko‘rmoqlikni istayman,
Lekin ilojim yo‘q.
Xavotir hech olmayman,
Sevasan – ko‘nglim to‘q.
[Naqarot:]
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Menga hamroh osmonlar
Sog‘inchim senga yo‘llar.
Aylanadi yulduzlar,
Aylanadi samolar,
Sen haqingdagi o‘ylar
Vasling tomon chorlar.
Kimlar bilan qaylarda
Yurasan, bilmayman.
Goho bularni o‘ylab,
O‘zimga sig‘mayman.
Bilarmisan naqadar
Seni sog‘inganim,
Lek senga bildirmayman
Qanchalar kutganim.
[Naqarot:] (2x)
- Artist:Shohruhxon